Sardor Mirzaev operaciya qilinadi, Vitaliy Denisovda kichik jarohat bor - OKMK

Sherzod Nurmatov
17 sen 2023, 12:47
Xabaringiz bor, OKMK ertaga OCHL guruh bosqichi 1-turi doirasida Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubiga qarshi maydonga tushadi.

Olmaliq jamoasi tarkibdagi bir qancha yo'qotishlar xususida ma'lumot berdi.

"Joriy mavsum yarmida tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida jamoamizga kelib qo'shilgan Sardor Mirzaevning jarohati jiddiyligi sababli operaciya qilinishi lozimligi ma'lum bo'ldi va Mirzaev bu yil jamoamizga yordam bera olmaydi.

Shuningdek, Vitaliy Denisov belidagi kichik jarohati tufayli jamoa bilan birgalikda Saudiya Arabistoniga uchmadi", – deyiladi klub xabarida.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ОКМК матбуот хизмати