

“Minskda 9 kunlik yig'in tashkil etilgandi. Men ushbu yig'inda 1 hafta ishtirok etdim. Ikkita nazorat bahsida maydonga tushdik va g'alaba qozondik. Rasmiy o'yinlarimiz yaqinligi uchun murabbiylarimiz ortiqcha zo'riqishlarsiz shug'ullantirishmoqda. Umuman olganda barchasi yaxshi o'tdi. Jamoada a'lo kayfiyat hukmronlik qilmoqda. Bizni oldinda juda muhim bahslar kutib turibdi. Mavsumning hal qiluvchi pallasi oldinda turibdi. Shu bois buyog'iga faqat katta mehnat orqali muvaffaqiyat qozonish mumkin. O'ylaymanki, “Lokomotiv” ikkinchi davrada o'z oldiga qo'ygan maqsad va vazifalarini uddalaydi”, - deydi Sardor Mirzaev.



