Santush: “Portugaliya – JCH-2018 favoriti emas”

23 mar 2018, 01:43
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Rossiyada o'tadigan Jahon chempionatida terma jamoasining imkoniyatlari haqida gapirdi.

“Biz o'zimizni favorit deb hisoblamaymiz. Bizning bunday orzuimiz yo'q, ammo maqsadimiz aniq: faqat g'alaba uchun harakat qilamiz.

Pepe va Danilo jarohati bois Misr va Gollandiyaga qarshi bellashuvlarga chaqiruv olishmadi. Jarohat – bu futbolning bir qismi. Bizda ko'plab futbolchilar bor va biz ularning imkoniyatlaridan foydalanmoqchimiz” , deya Santushning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Portugaliya futbol federatsiyasisi rasmiy sayti.

O'xshash yangiliklar


Manba: Португалия ФФ расмий сайти