"Santos"ga o'tayotgan Neymar keyingi mavsumda Yevropaning top chempionatlaridan biriga qaytmoqchi

Administrator
30 yanv 2025, 10:50
Futbolchi "Santos"ga formasini tiklab olish uchun qaytgan.

Braziliya termasi futbolchisi Neymarning "Al Hilol"dan "Santos" klubiga qaytishi xabar qilingandi. Futbolchining rejasiga ko'ra Braziliya klubi unga formasini tiklab olish uchun xizmat qiladi. Neymarning maqsadi keyingi mavsumda Yevropaning top chempionatlaridan biriga qaytish. U "Santos" safida yarim yil davomida formasini tiklab, jarohatidan butunlay qutilishni maqsad qilmoqda.

Ma'lumot uchun, Neymarning "Santos" safidagi birinchi o'yini "Botafogo"ga qarshi uchrashuv bo'lishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: ESPN