Sanjar Shoahmedov Malayziya klubiga o'tdi

Narzulla Saydullayev
1 yanv 2019
"Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi faoliyatini xorijda davom ettiradi.

"Sanjar Shoahmedov Malayziyaning "Terengganu" jamoasi sharafini himoya qiladi", - deb yozadi "Lokomotiv" klubi marketing bo'limi xodimi Mamur Mamadaliev tvitterdagi o'z sahifasida.

Ma'lumot uchun, "Terengganu" safida o'z vaqtida o'zbekistonlik Lutfulla To'raev ham to'p tepgan edi.

Sanjar Shoahmedov ikkinchi bor xorij klubida o'ynaydi. Bunga qadar u Qatarning "Al Sayliya" klubi sharafini himoya qilgan edi.

"Terengganu" klubi 2018 yil Malayziya Superligasida 12ta jamoa orasida 6-o'rinni egallagandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia