Sanjar Shoahmedov: "Finalga kim chiqishi ikkinchi o'yindan keyin ma'lum bo'ladi"

Narzulla Saydullayev
26 okt 2016, 16:27
"Lokomotiv" - "Bunyodkor" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar yarim himoyachisi Sanjar Shoahmedov o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin qiyin bo'lishini bilardik. Asosiysi g'alabaga erishdik. Bosh maqsadimiz gol o'tkazmaslik edi. Barcha masala ikkinchi bahsda hal bo'ladi.

Birinchi bo'limda asosan himoyalandik va o'zimizga bo'lgan ishonch paydo bo'ldi. Ikkinchi bo'limda gol urish uchun harakat qildik va ko'proq hujumga o'tdik", - deydi Sanjar Shoahmedov.  

Jahongir Sotvoldiev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia