Sanjar Asqaraliev: "Bugun "Bobur Arena" yonadi"

Iskandarov Abdulaziz
26 iyun 2024, 12:09
Bugun Superliganing 13-turidan o'rin olgan vodiy derbisi kutmoqda.

Unda "Andijon" o'z maydonida "Navbahor"ni mehmon qiladi. Shiddatli o'tishi kutilayotgan o'yindan avval o'z vaqtida ikki jamoa tarkibida to'p tepgan Sanjar Asqaralievning fikrlarini tingladik. 

"Bugun "Bobur Arena" shunchaki yonadi. Zo'r o'yin bo'ladi. Vodiy jamoalari bu yil menda yaxshi taassurot qoldirmoqda. "Andijon" hakamlar qurboni bo'layotganiga qaramay o'yinida mazmun bor. "Navbahor" 4 ta durangdan sshng o'zini ko'rsatadi degan umiddaman. Umuman olganda taxminim durang natija qayd etiladi deb o'ylayman. Nima bo'lganda ham muxlislar zavq olib chiqib ketishlarini istayman",- deydi Sanjar Asqaraliev.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia