Sane va Kuassi mashg'ulotlarga qaytdi

Mirjalol Normatov
10 okt 2020, 17:59
Futbolchilarda jarohatdan tuzalish jarayoni davom etmoqda.

Vinger Leroy Sane hamda himoyachi Nyanzu Kuassi maydondagi mashg'ulotlarga qaytdi. Hozircha futbolchilar faqatgina yugurish mashg'ulotlarini bajarmoqda. Quvonarli tomoni shundaki, ulardagi jarohatdan tuzalish jarayoni kutilganidan tezroq davom etmoqda.

Sanening tizzasi, Kuassining son sohasi jarohat olgandi. Futbolchilar termalar o'yinlaridan keyin safga qaytishlari kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild