Sane: "Marez - ajoyib futbolchi va yaxshi inson"

Aslanov Jasurbek
25 iyul 2018, 08:58
"Manchester Siti" forvardi Leroy Sane yarim himoyachi Riyad Mareznng "shaharliklar" safiga o'tishiga fikr bildirdi.

"U bizning jamoaga o'tganidan xursandman. Har safar u bizga qarshi o'yinda to'pni qabul qilganida, men hech narsa o'ylab topmasin deb umid qilardim.

Marez ajoyib futbolchi va yaxshi inson. Bu gaplarni uning o'ziga ayta olmayman, chunki bu so'zlardan so'ng Riyadning o'ziga bo'lgan ishonchi yanada ortadi va asosiy tarkibdagi joyimni egallab oladi.

Bizda bir poziciyada o'ynay oladigan ko'plab yaxshi futbolchilar bor. Bu jamoaga yordam beradi. Premer-liga juda qiyin liga ekanligini bilamiz, har uch kunda maydonga tushishga to'g'ri keladi" - deydi Sane.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal