Sanderlend APLni tark etdi

Narzulla Saydullayev
30 apr 2017, 08:15
APL 35-turida Sanderlend o'z uyida Bornmutga yutqazdi (0:1).

Shu tariqa, mavsum tugashiga to'rt tur qolganida Tayn-end-Uir grafligi klubining chempionshipga tushib ketishi aniq bo'ldi.

Sanderlend 21 ochko bilan musobaqa jadvalida 20-o'rinni egallab turibdi. 17-o'rindagi Xall hisobida 34 ochko bor.

Klub to'rtinchi marta APLni tark etib Kristal Pelas va Norvichning antirekordini takrorladi.

So'nggi bor Sanderlend 2005/06 yilgi mavsumda APLdan tushib ketgandi, o'shanda 38ta o'yinda 15 ochko to'plab 20-o'rinni band etgandi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe