"Sanderlend" 2011 yildan so'ng bir uchrashuvda 2 ta penaltidan gol urgan birinchi jamoa

Aslanov Jasurbek
3 yanv 2017, 13:45
"Sanderlend" APLning 20-turida "Liverpul"ni qabul qildi.

Ushbu bahs 2:2 hisobida yakunlandi. "Qoramushuklar"ning ikkala goliga Jermeyn Defo mualliflik qildi. Bu gollar penaltidan urildi.

Shunday qilib "Sanderlend" 2011 yildan so'ng APLning bitta uchrashuvda 2 ta penaltidan gol urgan ilk jamoaga aylandi. Bundan oldingi penaltidan urilgan dubl 2011 yilning 2 aprelida sodir bo'lgan. O'shanda "Vest Xem" yarim himoyachisi Mark Norb 11 metrlik jarima zarbasidan 2 marotaba unumli foydalangan, ammo Runining xet-trigi va Chicharitoning goli mankunianlarga 4:2 hisobidagi g'alabani olib kelgan.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia