Sancho uchun kurashdan APLning top-klubi chiqib ketdi

Alisher
1 apr 2020, 15:10
Iqtisodiy inqiroz ingliz grandlarining rejalarini jiddiy tarzda o'zgartirmoqda.

Shunday qilib, Jeydon Sancho uchun kurashdan "Liverpul" klubi chiqib ketdi.

"Qizillar" o'yinchi uchun "Chelsi" va "Manchester Yunayted" bilan raqobat olib borishga tayyor emaslar.

"Chelsi" va MYU ham futbolchi uchun 100 million funt atrofida to'lashga qodir emaslar.

Hozirgi vaziyat sabab Sanchoning Dortmundda qolish ehtimoli ancha oshdi. "Borussiya" ham shu sabab o'yinchilarining narxini tushirmoqchi emas.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mirror.co.uk