Sanches MYUni tark etmoqchi

Aslanov Jasurbek
10 noya 2018, 18:19
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Aleksis Sanches klubni tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, chililik PSJga o'tish niyatida Uning agenti Fernando Felisevich yangi klub izlamoqda. Parijliklar futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi ekanliklarini bildirishdi.

"Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyu futbolchining jismoniy holatidan mamnun emas. Sanches uncha katta bo'lmagan Manchestyerda yashashdan mamnun emas, u Londondagi faol hayotni qumsamoqda. Oldinroq u qiz o'rtog'i chililik model Mayte Rodriges bilan ajrashgan edi. Uning jamoadoshlari fikricha, bu narsa futbolchiga jiddiy ta’sir qilgan.

Bundan tashqari, Sanches inglizchada yomon gapiradi va faqat ispancha biladigan jamoadoshlari bilan suhbatlashadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times