Samvel Babayan: "Yomon o'ynamagan holda yutqazish alamli"

13 yanv 2016, 23:41
Osiyo chempionati doirasidagi Janubiy Koreya (U-23) - O'zbekiston (U-23) uchrashuvi yakunlanganidan so'ng matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumaniga dastavval olimpiya terma jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi.


"Yomon o'ynamagan holda yutqazish alamli. Shundan ekan, bugun biz uyalmaymiz", - deya qisqa gap bilan so'z boshladi Samvel Babayan.

- Afsuski terma jamoangiz guruh o'yinini omadli boshlay olmaydi, Iroq bilan o'yinda jamoaning o'yini o'zgarishi mumkinmi?
- Albatta, bunga harakat qilinadi.

- Bugun Fomin va Kozak markaziy himoyada to'p tepishdi. Bunday taktik o'zgarishga sabab nima bo'ldi?
- Bu ikki futbolchi uchun ham himoya markazidan o'rin olish yangilik emas. Bugungi o'yinda ularga etiroz yo'q.

- Bu o'yinda nima o'xshadi, nima o'xshamadi?
- Hujumda ishimiz yurishmadi, keyingi o'yinni jiddiyroq nazoratga olishimiz kerak.

- Bugungi hakamlikka qanday baho berasiz?
- Butun Osiyo nima bo'lganini ko'rdi, yaxshisi ularning ishiga tegishli mutassadillar baho bersinlar.


Nodirxo'ja Yuldashev. Qatar, Doha shahri.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia