Samvel Babayan va Viktor Jalilov tandemi "Valmiera"ni mag'lub etdi

14 apr 2018, 18:09
Latviya oliy ligasi navbatdagi turdan o'rin olgan "Valmiera" va "Spartak Yurmala" o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etdi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan murabbiylik qilayotgan "Spartak Yurmala" raqiblarini 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. "Spartak Yurmala" jamoasi safidan Marcis Oshs, Aleksey Vishnyakov (2ta) va R. Vaganchuk o'z nomini tabloga yozdirib qo'ygan. 

Eslatib o'tamiz, Samvel Babayan va Viktor Jalilov  murabbiylik qilayotgan "Spartak Yurmala" chempionat doirasida navbatdagi tur uchrashuvini 22 aprel kuni "Ventspils" jamoasiga qarshi o'tkazadi.

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia