

“Men “Inter”ga sovrinlarni qo'lga kiritish umidida kelgandim. Nihoyat biz ham muhimroq nimadir uchun kurashamiz. Shu yerda ekanligimdan faxrlanaman. Bunday o'yinlar bizning odat tarzimizga aylanishi kerak”, - deydi Xandanovich.
Eslatib o'tamiz, Yevropa Ligasi finalidan o'rin olgan “Inter”-“Sevilya” bahsi 21 avgust kuni soat 00:00 da boshlanadi.



