Samir Xandanovich: "Yevropa Ligasida maksimal imkoniyatdan foydalanamiz"

Aslanov Jasurbek
5 avg 2020
"Inter" jamoasining tajribali darvozaboni Samir Xandanovich Yevropa Ligasining 1/8 finalidan o'rin olgan "Xetafe"ga qarshi uchrashuv oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ushbu turnirda bor imkoniyatimizni ishga solishga tayyormiz. Maksimal darajada imkoniyatlarimizdan foydalanishga harakat qilamiz. Ayni paytda biz jismoniy va ruhiy jihatdan ajoyib sport formasidamiz. So'ngi o'yinlarda butun jamoa yaxshi ishladi. Mag'lubiyatga uchramaslik uchun barcha bor qobiliyatini ko'rsatdi. Bu esa bo'lajak o'yinlar oldidan ko'p narsani hal qilib beradi",- deydi Xandanovich.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: football.kulichki.net