Samir Nasri klubini o'zgartirdi

Aslanov Jasurbek
5 iyul 2019, 20:50
Fransiyalik yarim himoyachi Samir Nasri faoliyatini Belgiyada davom ettiradigan bo'ldi.

32 yoshli xavbek "Anderlext"ga o'tdi. Futbolchi erkin agent sifatida Belgiya klubi bilan shartnoma imzoladi.

Fransiyalikning avvalgi klubi "Vest Xem" bo'lgan edi. U "bolg'ali jangchilar" safiga yanvarda o'tgandi. Nasri yarim mavsum davomida 6ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2ta golli pas berdi.

Nasri faoliyati davomida "Marsel", "Arsenal", "Manchester Siti", "Sevilya" va Turkiyaning "Antalyaspor" klublari sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/rscanderlecht