Sami Xedira: “Yuventus”ning o'rnida bo'lganimda, Jan bilan shartnoma tuzish imkoniyatini qo'ldan chiqarmagan bo'lardim

10 yanv 2018, 22:07
“Yuve”ning germaniyalik yarim himoyachisi Sami Xedira jamoa tezroq “Liverpul” yarim himoyachisi Emre Jan bilan shartnoma tuzishi lozimligi haqida gapirdi.

“Emreni juda yaxshi bilaman. Yosh bo'lishiga qaramay u juda kuchli va istedodli. Jan hali o'sishi va ko'p narsalarni o'rganishi kerak. Ammo “Yuventus”ning o'rnida bo'laganimda u bilan shartnoma imzolash imkoniyatini qo'ldan bermagan bo'lardim. Yozda uning jamoasi bilan tuzgan shartnomasi o'z yakuniga etadi”, - deydi Xedira.

Avvalroq Jan “Yuventus”da eng ko'p haq to'lanadigan o'yinchilardan biriga aylanishi haqida xabarlar tarqalgan edi.



O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport Italia