"Samba Gold 2019" mukofoti g'olibi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
3 yanv 2020, 01:05
"Liverpul" darvozaboni Alisson "Samba Gold 2019" mukofotiga munosib deb topildi.

Mazkur sovrin Yevropada to'p tepadigan braziliyalik futbolchilarga topshiriladi. G'olib jurnalist, futbolchi va internet foydalanuvchilari o'rtasidagi so'rovnoma orqali aniqlanadi. 

27 yoshli darvozabon 35,54% ovoz to'plab, g'olib bo'ldi. Ikkinchi o'rinni Roberto Firmino (23,48%), uchinchi o'rinni PSJ himoyachisi Tiago Silva (10,46%) egalladi. Neymar esa 7,57% ovoz bilan 5-bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport