Samat Narziqulov – 50 yoshda!

Narzulla Saydullayev
12 fev 2018, 15:39
Sobiq mashhur futbolchi Samat Narziqulov bugun yubiley – 50 yoshini qarshi oldi.

Hozirgi kunda “Bunyodkor” ayollar jamoasi katta murabbiyi sifatida faolit yuritib kelayotgan Samat Erkinovichni ko'pchilik “Dinamo”, “So'g'diyona”, “Paxtakor” va “Xorazm” jamoalaridagi futbolchilik faoliyati orqali yaxshi eslashadi.

2013 yildan buyon “Bunyodkor” futbol klubida ishlab kelayotgan Samat Narziqulov futbol maktabimizning rivoji yo'lida ham o'zining beqiyos hissasini qo'shib kelmoqda. U “Bunyodkor”dagi besh yillik faoliyatida turli yosh toifasidagi guruhlarga, yoshlar va farm-klub jamoalariga murabbiylik qilib keldi. Hozirgi vaqtda “Bunyodkor” ayollar jamoasida katta murabbiy lavozimida samarali mehnat qilmoqda.

Bugun “Bunyodkor” futbol maktabida Samat Narziqulovning 50 yoshli yubileyi munosabati bilan tadbir uyushtirildi. Unda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi faxriylar kengashi raisi Narimon Jalolov, futbol professori  Rustam Akramov va futbol jamoatchiligidagi boshqalar ishtirok etishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com