

Mehmonlar safidagi gollarning biriga Muhammad Saloh mualliflik qildi. Shu tariqa, Saloh Old Traffordda qatorasiga to'rtinchi uchrashuvda gol urgan APL tarixidagi ilk futbolchiga aylandi.
Ma'lumot uchun, Saloh joriy mavsum APL bahslarida 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 17 ta gol va 9 ta golli uzatma bor.



