Saloh muddatidan oldin Misr terma jamoasidan "Liverpul"ga qaytadi. Nega?

Alisher
13 okt 2024, 21:26
Muhammad Saloh Misr terma jamoasidan "Liverpul" ixtiyoriga muddatidan oldin qaytadi.

Vingerga raqibning qattiq o'yin uslubi va bahs o'tadigan stadion sun'iy chimga egaligi sabab Afrika millatlar ligasi saralashi doirasidagi Mavritaniyaga qarshi o'ynamaslikka ruxsat berishdi.

Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Xossam Xassan Salohning "Liverpul"ga qaytishini tasdiqladi.

"Agar qaysidir o'yinchi mendan sun'iy maydonda o'ynamaslikni so'rasa, bunga rozi bo'laman.

Mavritaniya terma jamoasi kuchini qo'llagan holda qupol o'ynaydi va ularning maydoni yaxshi emas", – dedi Xassan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail