Saloh: "Jamoaga qo'shilishimdan oldin "Liverpul" ko'p sovrin yutolmayotgandi"

Оқил Абдубарноев
1 iyul 2022, 21:53
"Liverpul"ning 30 yoshli hujumchisi Muhammad Saloh jamoa bilan yangi shartnoma imzoladi.

Futbolchi shartnoma imzolangandan keyin intervyu berdi.

"Agar o'tmishga qaytadigan bo'lsak, jamoaga qo'shilishimdan oldin "Liverpul" ko'p sovrin qo'lga kirita olmayotgandi. Lekin men har doim jamoaga g'alaba qozonish va kuboklarni boshim uzra ko'tarish uchun tashrif buyurganimni ta'kidlab kelganman", - dedi Saloh.

Muhammad "Liverpul" bilan ko'plab faxriy unvonlarni qo'lga kiritganini, ammo keyingi mavsumda muhim vazifalar turganini ta'kidladi. 

"Yangi g'alabalar va yangi sovrinlar - biz keyingi mavsumda shunga intilamiz", - dedi misrlik hujumchi.

Eslatib o'tamiz, Saloh "Liverpul"da 2017 yildan beri o'ynab kelmoqda. Bu vaqt ichida u jamoa safida 254 ta o'yin o'tkazib, 156 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports