Salim Mustafoev: "Omad bizdan yuz o'girdi"

Aziz Tukhtamuradov
4 mar 2015
"Fulad"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda "temiryo'lchilar" safidagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo'lgan Salim Mustafoev o'yindan so'ng mikst-zonada saytimiz uchun o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'z maydonimizdagi ilk o'yinni o'tkazdik. "Fulad" ham yomon jamoa emas. O'tkazib yuborilgan golga keladigan bo'lsak, qandaydir rikoshet natijasida gol o'tkazib yubordik. Raqib jamoa tomonidan ko'p ham xavfli vaziyatlar yaratilgani yo'q. Ochig'ini gapiradigan bo'lsam, omad bizdan yuz o'girdi. Jamoamizda barcha qo'lidan kelganicha harakat qildi", - deb aytib o'tdi Salim Mustafoev.


Aziz To'xtamurodov yozib oldi

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia