Salgado: "Zidan murabbiy bo'lishini hech birimiz kutmagan edik"

Tolibjon Qosimov
15 sen 2017, 21:27
"Real" va Ispaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Michel Salgado Zinedin Zidan haqida fikr bildirdi.

"Hech birimiz Zidan murabbiy bo'lib ketishini kutmagandik. Oldinroq, murabbiylik uning rejalariga kirmasligi haqida aytgan edi. Ammo keyinroq u fikrini o'zgartirdi. Zidan futbolni sog'indi va hozirgi kasbini tanladi. Zidan faqat matbuot-anjumani va texnik zonada xotirjam. Aslida, Zidanning qoni qaynoq" - deydi Salgado.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com