Salah "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
7 okt 2019, 15:41
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Salah "Lester"ga qarshi bahsda oxirigacha o'ynay olmadi.

Futbolchi "Lester" (2:1)ga qarshi bahsda jarohat oldi va almashtirildi.

Tashhisdan so'ng Salahda soni bo'yicha muammolar borligi qayd etildi va u tez orada tiklanish amaliyotlarini boshlab yuboradi.

Ammo, misrlik o'yinchi kelasi turda bo'ladigan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.

"Manchester Yunayted" - "Liverpul" o'rtasidagi o'yin 20 oktyabr kuni soat 20:30da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: footballhd.ru