Sahob Rashidov "So'g'diyona"da

Sherzod Nurmatov
13 yanv 2025
"So'g'diyona" futbol klubi qishki o'quv-yig'in mashg'ulotlarini Zominda davom ettirmoqda.

Klub matbuot xizmati chop etgan suratlardan ko'rish mumkinki, mashg'ulotlarda 26 yoshli hujumchi Sahob Rashidov ham ishtirok etmoqda.

Futbolchi oxirgi marta Birinchi liganing "Jizzax" jamoasida to'p tepgandi. U faoliyati mobaynida asosan aynan "So'g'diyona" sharafini himoya qilgan bo'lib, "Dinamo" va "Xorazm" jamoalarida ham o'ynagan.

Avvalroq Abdulloh Omonaliev "So'g'diyona"ga qaytgani ma'lum qilingan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати