Sadriddin Abdullaevni tabriklaymiz!

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2014, 16:24
Bugun "Lokomotiv"ning istedodli yarim himoyachilaridan biri Sadriddin Abdullaevning tavallud kuni. Ettinchi raqam sohibi bugun 28 yoshni qarshi olmoqda.
Sadriddin 2010 yildan buyon "temiryo'lchilar" sharafini himoya qilib, "Lokomotiv" muxlislari olqishiga sazovor bo'lib kelmoqda.

Sadriddinga klub hodimlari, murabbiylar shtabi, futbolchilar nomidan salomatlik, oilaviy totuvlik va futbolchilik faoliyatida ulkan yutuqlar tilaymiz! Tug'ilgan kuning bilan, Sadriddin!

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz