

"Turli mish-mishlar yurgan edi, ammo hammasi OAVning o'ylab topganlari. Meni necha marotaba Italiyaga yuborishganini bilmayman. Har kuni yangi klub haqida yozishdi. Yangi murabbiy meni o'z jamoasida ko'rayotganini aytdi va bundan xursand bo'ldim, chunki "Siti" asosiy maqsadim edi. Shartnomam bir yildan so'ng yakuniga etadi - mish-mishlar shu yerdan paydo bo'ladi. Ammo Gvardiola bilan uchrashishdan oldin hech qanday qaror qabul qilmagan edim. Yangi mavsumda "Siti" safida to'p tepishdan mamnunman" - deydi Sabaleta.



