Ryudiger "Real"ga o'tishi haqida: "Hala Madrid va ortiq hech narsa. Barcha mavjud titullarni yutmoqchiman"

Alisher
20 iyun 2022, 18:01
Antonio Ryudiger "Real"ga o'tishi haqida gapirdi.

"Bu barchamiz uchun o'zgacha kun. Ota-onamga minnatdorchilik bildirmoqchiman, sababi ularsiz bu yerda bo'lmas edim. Ular butun hayotim davomida meni qo'llab-quvvatlashdi.

Shuningdek prezident [Florentino Peres]ga ushbu klub uchun o'ynash imkoniyatini taqdim etgani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Madrid klubi xodimlariga qabul uchun rahmat, bor kuchimni ishga solishga vada berishim mumkin.

Barcha mavjud titullarni yutmoqchiman. Hala Madrid va ortiq hech narsa", – deydi "Real" himoyachisi.

Ryudiger Madrid klubiga "Chelsi"dan ketganidan so'ng erkin agent maqomida o'tdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca