Ryudiger "Real" bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolaydi

Alisher
5 may 2022, 17:38
"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger Madridning "Real" klubi bilan kelishuv muddati borasida kelishuvga erishdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 29 yoshli nemis futbolchisi Madrid jamoasi bilan 2026 yilning iyuniga qadar shartnoma imzolaydi.

O'tish haqida ushbu mavsum so'nggida rasman e'lon qilinadi. Qayd etish kerakki, Ryudiger "Chelsi"dan "Real"ga erkin agent maqomida o'tadi.

Futbolchi joriy mavsum London klubi tarkibida APL doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano