

- Biz "Zenit"ga qarshi o'yinda faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushamiz. "Benfika" g'alaba qozonish maqsadida futbol o'ynaydi. YCHLning bahorgi qismini ham g'alaba bilan boshlashni istaymiz. Raqib haqida nima deya olaman? Ularning bosh murabbiyi Villash-Boash juda yaxshi murabbiy. Boash "Benfika"ni juda yaxshi biladi. "Zenit"da juda kuchli va sifatli futbol o'ynay oladigan futbolchilar yig'ilgan. Biz guruhdan chiqqanimiz sharafiga eyforiya holatida emasmiz. Har bir o'yinga maksimal konsentratsiya bilan maydonga tushamiz. Raul Ximenes? Kimlar o'ynashi haqida ma'lumot bermoqchi emasman. Qolganini ertaga ko'ramiz.



