Rustam Mirsodiqov: "Futbolchilarim iroda namoyish etishdi"

Narzulla Saydullayev
30 sen 2017, 20:28
"Buxoro" - "Metallurg" (2:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Rustam Mirsodiqov o'z fikrlarini bildirdi.
- Bugun qiyin uchrashuv bo'lishini kutgandik. Futbolchilarimizga katta rahmat. 87-daqiqada 0:2 hisobida yutqaza turib ham ijobiy natijaga ishonishdi. Irodalarini ko'rsatishdi. Mag'lubiyatdan qutilib qoldik. Buning uchun ularga rahmat. Safarda g'alabaga teng durangga erishdik, - deydi Rustam Mirsodiqov.

"Metallurg" matbuot xizmati



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia