Rustam Mirsodiqov "Bunyodkor" klubida ish boshladi

Sherzod Nurmatov
2 mar 2021, 22:19
Tajribali va taniqli murabbiy Rustam Mirsodiqov so'nggi vaqtlarda diqqat markazidan yo'qolib qolgandi.

Murabbiy "Bunyodkor" akademiyasida yetakchi mutaxassis sifatida ish boshladi. Endilikda Rustam Mirsodiqov klub akademiyasini rivojlantirishda o'z tajribasi bilan bo'lishadi. Ma'lumot o'rnida takidlash joizki, 66 yoshli murabbiyning oxirgi jamoasi "Surxon" bo'lgandi. Bundan tashqari, u "Do'stlik", MHSK, "Lokomotiv", O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Metallurg"da uzoq yillar davomida faoliyat olib borgan.

Shuningdek, yaqin kunlarda akademiyada katta o'zgarishlar yuz berishi kutilmoqda. Bu haqda keyinroq ma'lumot beramiz. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia