Rustam Ashurmatov milliy terma jamoaga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
28 mar 2017, 14:14
Kecha "Bunyodkor" klubi himoyachisi Rustam Ashurmatov terma jamoaga qo'shildi.

Qatarda O'zbekiston U-22 bilan yig'in o'tkazib qaytgan Ashurmatov kecha zudlik bilan terma jamoa ixtiyoriga yetib borgan. Vitaliy Denisovning jarohat olgani va Islom To'xtaxo'jaevning diskvalifikaciyasi bois himoya chizig'imizda muammolar paydo bo'lgan. Shu bois murabbiylar shtabi yosh himoyachini termaga chaqirishdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia