
Qo'qon futboli tarbiyalanuvchisi bo'lgan Rustam Abdullaev yana jamoaga qaytdi. Ilgari futbolchilik va murabbiylik sohasida ham "Qo'qon-1912"da ishlagan Rustam Rahmonovich bugun erta tongda Qo'qonga yetib keldi. Klub rahbariyati yangi bosh murabbiyni dastlab stadion va klub qarorgohi bilan tanishtirdi. Shundan so'ng klub qarorgohidagi anjumanlar zalida futbolchilar va murabbiylar o'rtasida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda Rustam Abdullaev bosh murabbiy sifatida klub a'zolariga tanishtirildi. Futbolchilar yangi murabbiyni iliq kutib olishdi va murabbiy ham o'z navbatida jamoa oldiga qo'yilgan vazifani bajarish yo'lida bor mahoratini ishga solishini alohida ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, Abdullaev bungacha Toshkentning "Lokomotiv" klubida bosh murabbiy Vadim Abramovga yordam berib kelayotgandi.
Eslatib o'tamiz, Abdullaev bungacha Toshkentning "Lokomotiv" klubida bosh murabbiy Vadim Abramovga yordam berib kelayotgandi.