
"Jamoa mavsumga tayyorgarlik jarayonini yaxshi o'tkazdi. Yangi mavsumda "Qo'qon-1912"ning asosiy vazifasi bu Oliy ligada qolish. Bu bizning minimum vazifamiz. Imkon qadar turnir jadvalining yuqoriroq o'rinlari uchun kurash olib boramiz. Kuchli "o'ntalikka" kirishga harakat qilamiz. Klub rahbariyati imkon qadar barcha sharoitlarni yaratib berishga harakat qilmoqda. Sharoitlarimiz juda yuqori darajada emasdir, lekin yomon ham emas. Qisqa qilib aytganda, "ko'rpachaga qarab oyog' uzatamiz". Tarkibdagi yoshi katta futbolchilar? Futbolda futbolchining 35 yoshi hech nimani anglatmaydi. Hammasi ruhiyat va jismoniy holatiga bog'liq. Ayni damda jamoamizga tajribali futbolchilar zarur. Jamoamizdagi yosh futbolchilar maydonda qaltirab qolmasliklari uchun ham Aleksey Nikolaev singari tajribali futbolchilarni jalb etdik. Nikolaev o'z faoliyati davomida katta o'yinlarda ko'p o'ynagan va boy tajribaga ega. Uning katta tajribasi jamoamizga qo'l keladi deb o'ylayman. Jamoa o'z o'yinini topib olish uchun biroz vaqt talab etiladi. Ayni paytda o'yinimizni shakllantirish borasida ishlar olib borilmoqda. Dastlabki tur o'yinlari biz uchun oson bo'lmasligi aniq. Yangi mavsumda "Qo'qon-1912" jamoasidan Doniyor Usmonov, Avaz Mamatxo'jaev kabi yosh iqtidorli futbolchilar o'zlarini ko'rsata olishadi deb o'ylayman. Umid qilamanki, o'z o'yinlarimiz bilan futbol muxlislarini xursand etamiz va shunga harakat qilamiz", - deydi Rustam Abdullaev.