

Olimpiada rekordchisi bilan suhbatimiz bir soatcha davom etdi. Keyin jarayon dastxat ulashish va fotosessiyaga ulanib ketdi. Suhbat turli mavzularda bo'lib, ularning eng qiziqarlilarini e'tiboringizga havola qilib boramiz. Dastlab, futbol mavzusi...
- Men shuni aniq bilamanki, Angliya klublarida umumjismoniy tayyorgarlik bo'yicha alohida mashg'ulot o'tkaziladi, - deb so'z boshladi sportimiz iftixori. – Futbolchilar majburiy ravishda trenajer zalida ishlashadi va murabbiylar bu jarayonga jiddiy tarzda e'tibor qaratishadi. Bilishimcha, klublarimizning hammasida ham bunday emas ekan. Xatto ayrim grand klublarimizda umumjismoniy tayyorgarlik futbolchilar uchun ixtiyoriy ravishda berilgan.
Trenajer zalidagi har bir mashg'ulot futbolchining ma'lum bir mushaklarini rivojlantirish uchun mo'ljallangan bo'ladi. Tez yugurish uchun oyoq mushaklari baquvvat bo'lishi shart. Bizning futbolchilar nima uchun uzog'i bilan 60 daqiqadan so'ng charchab qolyapti? Sababi, oyoqda kuch yo'q. Tomir tortishlar ham shundan. Zarbalarni ham...



