Runi dunyoning eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi

Mirjalol Normatov
9 okt 2018, 21:19
"Di-Si Yunayted" jamoasi hujumchisi Ueyn Runi dunyoning eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi.

"Agarda YCHL finalida "Barselona" emas, boshqa raqib bilan o'ynaganimizda, g'alaba haqida o'ylagan bo'lardik.

Bu jamoani va unda o'ynaydigan Leo Messini duyoning eng yaxshilari deb aytgan bo'lardim. Uning qilayotgan ishlari aqlbovar qilmaydi. U barcha sifatlarga ega.

Ronaldu esa vingerlikdan to'purarlik darajasiga ko'tarildi. U raqiblarini bir urinishda aldab o'tadi va jarima maydonchasiga yorib kirib, gol kiritadi.

Messida ham shunday qobiliyat bor. U gollar uradi va maydon markazida ham to'p suradi. Shu boisdan uni eng yaxshisi deb o'ylayman", - dedi Runi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal