Rui Fariya Osiyo jamoasi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin

Mirjalol Normatov
20 noya 2018, 21:10
"Manchester Yunayted"ning sobiq murabbiyi Rui Fariya Osiyoda ish boshlashga yaqin turibdi.

Janubiy Koreyaning "Sports Donga" nashri tarqatgan ma'lumotlarga qaraganda, ayni damda portugaliyalik mutaxassis "Jonbuk Xyundai" jamoasi vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Aytilishicha, muzokaralar yaxshi davom etmoqda. 18 yil davomida Mourinyoga yordamchi bo'lgan murabbiy yaqin vaqtlar ichida klub bosh murabbiyi sifatida e'lon qilinishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sports Donga