RPL. Qozonda "Rubin" va SSKA murosa ko'chasini tanladi, Fayzullaevdan assist!

Alisher
21 sen 2024, 22:58
RPL 9-tur doirasidagi "Rubin" - SSKA o'yini bo'lib o'tdi.

Qozonliklar safida himoyachi Rustam Ashurmatov o'yinni asosiy tarkibda va 58-daqiqada zaxiraga olindi, Umarali Rahmonaliev esa maydonga tushirilmadi. Moskvaliklar safida esa xavbek Abbos Fayzullaev doimgidek o'yinda ilk daqiqalardan harakat qildi va jamoasining yagona goliga assistentlik qildi.


"Rubin" - SSKA 1:1

Gollar: 0:1 – 15 Jemaletdinov, 1:1 – 55 Teslenko.

"Rubin": Staver, Gricaenko, Ashurmatov (Nijegorodov, 58), Teslenko, Rojkov, Kabutov, Ivu, Xodja (Ivanov, 71), Vada (Zotov, 46), Chuni, Daku.

SSKA: Akinfeev, Krugovoy, Moyzes, Villian, Diveev, Xelven (Guarirapa, 66), Jemaletdinov, Kislyak, Oblyakov, Fayzullaev, Musaev (Gayich, 66).

Ogohlantirish: Gricaenko (24), Diveev (61).


RPL TURNIR JADVALI


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia