Ruben Amorim "Old Trafford"da MYUga qarshi maydonga tushganini bilasizmi?

Aslanov Jasurbek
16 noya 2024, 15:35
"Manchester Yunayted" yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim bir paytlar "qizil iblislar"ga qarshi futbolchi sifatida maydonga tushgan.

"Manchester Yunayted"ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi ushbu voqeani yodga oldi.


2012 yil, 23 oktyabr

UEFA Chempionlar ligasi, "H" guruhi, 3-tur

"Manchester Yunayted" - "Braga" 3:2

Gollar: Chicharito 25, 75, Evans 62 - Alan 2, 20.

Ruben Amorim 5-raqam ostida to'p tepgan.


Amorim 2011 yil 14 sentyabr kuni ham "Manchester Yunayted"ga qarshi o'ynagan. O'shanda u "Benfika" sharafini himoya qilardi. Portugaliyadagi bahs 1:1 hisobida yakun topgan.



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia