RPLning 1-turida o'zbeklar derbisi!

Nadirkhuja Yuldashev
12 iyul 2013
Joriy mavsum o'z oldida Rossiya chempionligini qo'lga kiritishni bosh vazifa qilib qo'ygan "Anji" jamoasi premer ligadagi dastlabki uchrashuvini 14 iyul kuni o'zining avvalgi darajasiga qaytishni istayotgan "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazadi.

14 iyul. "Anji-Arena" Stadioni. 19:30 (T.v).
Bosh hakam - Vladislav Bezborodov (S.Peterburg).


Xo'sh, jamoalar bu borada transfer "darchasi"da qanday ishtirok etishdi? "Anji" himoya chizig'ini ancha  mustahkamlab oldi. Samba mahachqalaliklar uchun foydali o'yinchi ekanligini ko'rsatgandi. Rossiyadagi eng katta transferni ham, aynan "Anji" amalga oshirdi. "Zenit" safida chempionlikni qo'ldan boy bergan Igor  Denisov "Anji" safini to'ldirdi. Ko'pchilik o'ylaganidek bu transfer Ahmedovning foydasiga o'ynashini taxmin qilish mumkin. Sababi "Anji" safida rusiyzabon futbolchilarning ko'payishi, Janubiy Amerika va  Afrika futbolchilarining "klubi" bo'lib qolgan "Anji"da hamyurtimiz ishini engillashtiradi. Denisovdan tashqari rossiyalik, Aleksey Ionov, Mixail Kerjakov va Aleksandr Kokorin kabi futbolchilar jamoadagi rossiyaliklar sonini oshirdi.

Rossiyada premer liga boshlangani bilan transfer uchun vaqt sentyabr oyiga qadar ochiq bo'ladi. Bu paytga qadar Gus Xiddinkning ro'yxatidan joy olgan Papis Sisse ("Nyukasl"), Aleksandr Belenov ("Kuban") va Bakari Sanya ("Arsenal") "Anji"ga kelishi mumkin.


Ahmedovning o'zi esa chempionatga to'liq tayyor. Yangi mavsumdagi raqobat o'zi uchun har tomonlama imtihon  vazifasini o'tashini his etib turgan holda 2 kundan keyin bo'lib o'tadigan uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapti.


2012/13 yilgi mavsumda 16 jamoa ichida 9-o'rin bilan cheklangan moskvaliklar transfer bozorida katta  ishtiyoq bilan ishtirok etmadilar. Jamoa o'z safiga ikkita himoyachi Maksim Belyaev ("Rostov") va Taras  Mixalik ("Dinamo" Kiev)ni qo'shib oldi. Shuningdek, Ukrainaning "Sevastopol" jamoasi yarim himoyachisi Sergey Tkachev yangi mavsumda "temiryo'lchilar" sharafini himoya qiladi. Katta ehtimol bilan "Sevilya"  yarim himoyachisi Ivan Rakitich va "Tvente" a'zosi Nosir Shadli "Lokomotiv"ga o'tishi mumkin.





Denis Glushakov esa jamoani tark etdi. Ikkinchi davrani "Lokomotiv"da boshlagan Vitaliy Denisov yangi  jamoasi safida 8ta o'yinda maydonga tushgan edi. Joriy mavsum ham Denisovga omad tilaymiz.


O'z navbatida Premer liga va o'zbekistonlik futbol ishqibozlari uchun FIFA.UZ loyihasi haqida eslatib  o'tamiz. Endi virtual futbolda Rossiya chempionati bo'yicha o'z kuchingizni sinab ko'rishingiz mumkin. Sovg'alar haqida chempionat boshlanganidan keyin xabar beramiz.

Oliy liga birinchi davra sovg'alarini O'zbekiston - Turkiya uchrashuviga 2 kun qolganida tantanali tarzda tashkillashtirishni rejalashtirganmiz. Mazkur tadbirda Odil Ahmedov ham ishtirok etish niyatida ekanligini bildirgan. Demak, kutamiz. Ungacha jamoa tuzmaganlar, Premer ligada o'z jamoangizga ega bo'ling!

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia