

-Bugun jamoamiz ikki bo'limda ikki xil o'yin namoyish etdi. O'zimiz yaratgan imkoniyatlardan foydalana olmadik. “Bunyodkor” jamoasi yaxshi himoyalandi. Qolaversa, omad ham bizdan yuz o'girdi. Hatto bir metrdan ham darvozaga gol ura olmadik. Shunga qaramay yigitlarga etirozim yo'q. Bugun ular g'alaba uchun maydonga tushishgandi. Albatta gol urmasdan ijobiy natijaga erishib bo'lmaydi. Keyingi mag'lubiyatlardan kerakli xulosalarni chiqaramiz. Bu ruhiy holatdan tezda chiqib ketishimiz kerak. Endi bor e'tiborimizni shunga qaratamiz.



