Ro'ziqul Berdiev: "Sanchesning sinfdoshi "Nasaf"da? Bundan xabarim yo'q"

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2015, 10:35
Qarshining "Nasaf" klubi bosh murabbiyi jamoaga chililik futbolchi kelishi haqidagi xabarga o'z munosabatini bildirdi.

- Yaqinda "Nasaf"ga chililik futbolchining kelishi haqidagi ma'lumot tarqaldi. Ushbu masalaga siz orqali oydinlik kiritib olsak yaxshi bo'lardi.
- To'g'risini aytsam, bu haqida hech kimning xabari yo'q. Hayronman, ushbu ma'lumotni qayerdan olishdi ekan? Ammo bu kabi holatlar birinchi marta bo'layotgani yo'q. Bilasiz, oldin Bahodir Nasimovni biz bilan bog'lashdi, keyin esa Sergey Rekunni "Nasaf"ga o'tayapti deb yozishdi. Endi bo'lsa, Aleksis Sanchesning sinfdoshini biz bilan bog'lashayapti. Ochig'i, bundan ma'lumotlar haqida bosh murabbiy sifatida mening hech qanday xabarim yo'q.

"Futbol Ekspress" gazetasi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia