Ro'ziqul Berdiev "Metallurg" bilan o'yindan so'ng nimalar dedi?

Administrator
12 avg 2022, 22:34
Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Nasaf" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"G'alaba bilan muxlislarimizni va jamoa a'zolarini tabriklayman. O'yinga kelsak, birinchi bo'lim tengkurashlar ostida o'tdi. Ikki jamoada ham vaziyatlar o'rtacha bo'ldi. Ikkinchi bo'limda o'yinimizga tezlik qo'shdik, qarshi hujumlarda vaziyatlar yaratishda faol bo'ldik. Umuman olganda ikki hil bo'lim guvohi bo'ldik. Goldan tashqari ham vaziyatlar bo'ldi. Muhimi uch ochkoga ega chiqildi. Navbatdagi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz",- deydi Ro'ziqul Berdiev. 

- Husayin Norchaevda vaziyatlar ko'p yuzaga keldi. Lekin ulardan foydalana olmadi. Bo'sh darvozaga gol ura olmadi. Bu nima bilan bog'liq? Balki charchoq o'z so'zini aytgandir...

- Unga sovuqqonlik yetishmadi. Lekin ikkinchi golni ajoyib urdi. O'zi vaziyat yaratdi. Bundan xursandmiz. 

- Jamoa birinchi bo'limga o'ziga o'xshamadi. Ikkinchi bo'limda ikki barobar kuchaytira oldi. Buning sababi nima?

- "Metallurg" yaxshi himoyalandi. Bilasiz, ular 5ta himoyachi bilan o'ynaydi. Shu bois yorib kirish qiyin kechdi. Raqib kuch yo'qotgach, biz yangi kuchlarni tushirdik. Bu esa mezbonlarga qiyinchilik tug'dirdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia