
"Biz na himoyada va na hujumda o'z o'yinimizni namoyish etdik. Raqibda gol urish uchun juda ko'p imkoniyat bo'ldi. "Liverpul" bugun kutilmaganda himoyaga ko'proq e'tibor berishiga to'g'ri keldi va bu raqiblarimizning xizmati.
Men o'z shogirdlarimni maqtamoqchiman - chunki ular bugun hal qiluvchi vaziyatlarda yaxshi harakat qilishdi. Ikkinchi taymda bittadan ortiq gol urishimiz mumkin edi" - deydi Rojers.