Roysdan so'ng “Borussiya D”ning yana bir yetakchisi safdan chiqdi

Eldor Akmurzayev
30 iyul 2020, 20:25
Avvalroq, dortmundliklar sardori navbatdagi jarohatni orttirib olib, lazaretga yo'l olgani haqida xabar qilgandik.

Shuningdek, bugungi mashg'ulotlar vaqtida himoyachi Mats Xummels oyog'ining to'piq qismida og'riq his qilgan. Roysdan farqli o'laroq, Xummelsning jarohati jiddiy emasligi aytilmoqda. U 10 avgust kuni Shveytsariyada o'tadigan yig'ingacha tiklanishi mumkin.

31 yoshli germaniyalik Bundesliganing yakunlagan mavsumida 31 o'yin o'tkazgan holda 1 ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/BVB