Roys kelasi hafta "Borussiya D" mashg'ulotlariga qaytadi

Aziz Tukhtamuradov
30 sen 2022, 07:58
"Borussiya D" sardori Marko Roys safga qaytadi.

Bu haqida jamoa bosh murabbiyi Edin Terzich aytib o'tdi. 

"U kelasi hafta mashg'ulotlarga qaytishi lozim. Baxtimizga uning tizzadan olgan jarohati boshida o'ylaganimizdek jiddiy emas ekan", - dedi Terzich. 

Eslatib o'tamiz, Roys 17 sentyabr kuni "Shalke-04"ga qarshi kechgan o'yinda tizzasidan jarohat olgandi. Ushbu jarohatni davolash uchun uzoq vaqt ketishi mumkinligi taxmin qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.com